Ko'rsatmalar

Yuborish uchun Kirish yoki Ro'yxatdan o'tish.

Arizalarni tayyorlash uchun nazorat ro'yxati

Taqdim etish jarayonining bir qismi sifatida mualliflar o'z takliflarining quyidagi barcha bandlarga muvofiqligini tekshirishlari shart, va arizalar ushbu ko'rsatmalarga rioya qilmagan mualliflarga qaytarilishi mumkin.
  • Ushbu material ilgari nashr etilmagan, shuningdek ko'rib chiqish va boshqa jurnalda nashr etish uchun taqdim etilmagan (yoki muharrir uchun sharhlarda bu haqda tushuntirish berilgan).
  • Material bilan fayl OpenOffice, Microsoft Word yoki RTF hujjat formatida taqdim etiladi.
  • Matn mualliflar uchun qo'llanma, uni"jurnal haqida" sahifasida topishingiz mumkin.
  • Matn bitta satr oralig'i bilan yozilgan; 12 punktli shrift pinidan foydalaniladi; ta'kidlash uchun pastki chiziq o'rniga kursiv ishlatiladi (URL manzillaridan tashqari); barcha rasmlar, grafikalar va jadvallar hujjat oxirida emas, balki matnning tegishli joylarida joylashgan.

Muallif ko'rsatmalar

“AL-BUXORIY” ilmiy-ommabop elektron jurnali
JURNALGA MAQOLALARNI TAQDIM ETISH TALABLARI

“Al-Buxoriy” ilmiy jurnaliga taqdim etiladigan ilmiy maqolalarga qo‘yiladigan asosiy talablar: 

  1.  Muallif (yoki mualliflar) tomonidan taqdim etilayotgan ilmiy maqola mavzusi “Al-Buxoriy” ilmiy-ommabop elektron jurnalining ruknlariga mos kelishi lozim;
  2.  Maqola xalqaro umum e’tirof etilgan talablarda aniq belgilangan bandlarga ega bo‘lishi lozim:
    • Maqola mavzusi (Title)
      Maqola mavzusi imkon qadar qisqa va aniq ko‘rinishda shakllantirilgan bo‘lishi va bosh harflar bilan o‘rtada yozilishi kerak. Maqola tadqiqot yo‘nalishini to‘la asosda ifoda etishi lozim. U o‘zbek, rus va ingliz tillarida taqdim etilishi kerak.
    • Maqola muallifi to‘g‘risida ma’lumot (Author information)
      Maqola muallifning ismi-sharifi (otasining ismi bilan), ish joyi va lavozimi, ilmiy darajasi va unvoni, elektron pochta manzili va muloqot telefonlari kiritiladi.
    • Maqola annotatsiyasi (Abstract)
      Maqolalarning qisqacha annotatsiyasi 10-12 qatordan oshmagan holda o‘zbek, rus va ingliz tillarida beriladi. Unda tadqiqot muammosi, uning dolzarbligi, tadqiqot natijalari, maqolaning to‘la mazmunidan kelib chiqqan holda muallifning ilmiy va amaliy hissasining qisqacha bayoni yoritiladi.
    • Kalit so‘zlar (Key words)
      Kalit so‘zlar maqola mazmuni va maqsadini eng qisqa mazmunda ochib beruvchi kalit so‘zlar hisoblanadi. gооglе.соm,  scholar.google.com elektron qidiruv tizimlarida maqolani tez topish uchun kalit so‘zlarning hаr biri asosiy matn tarkibida o‘rtacha 6-8 mаrtа takrorlanishi tavsiya qilinadi.
    • Kirish (Introduction)
      Kirish qismida asosan tadqiqot muammosi, uning maqsad va vazifalari bayon etiladi. Ushbu qismda tadqiqot mavzusi asoslanadi, uning dolzarbligi va ilmiy ahamiyati bo‘yicha qisqa tushuntirish beriladi.
    • Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili (Literature reviyew)
      Maqolada mavzuga oid adabiyotlar tahlili tadqiq etilayotgan muammo yuzasidan muallifning bilim va ilmiy ko‘nikmaga egaligini namoyon etuvchi band sanaladi. Adabiyotlarning tanqidiy tahlili mazkur mavzu doirasidagi bilimlarni kuchaytiradi va tadqiqot savollarini yanada oydinlashtirishga yordam beradi. Adabiyotlar bo‘yicha tahlil asosan sohadagi eng yangi jurnal maqolalari va boshqa turdagi ma’lumot manbalari asosida amalga oshadi (mavzuga oid maqolalarni kalit so‘zlar yordamida www.scholar.google.com, www.science.gov kabi qidiruv tizimlaridan topish mumkin).
    • Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology)
      Tadqiqotning eng muhim qismi hisoblanib, o‘tkazilayotgan tadqiqotning umumiy xaritasi, tadqiqot yo‘nalishi va natijaga o1ib boruvchi hisoblanadi. Tadqiqot yo‘nalishini belgilash, tadqiqot muammosining yechimiga qaratilgan rejasini tuzish, tadqiqot uchun zaruriy ахbоrоtlаrni yig‘ish, tadqiqot etikasini belgilash, tadqiqot strategiyasini aniqlash bo‘yicha qаrоr qabul qilish asosida qo‘yilgan muammoning aniq yechimiga olib chiquvchi yo‘lni belgilashdir. Metodologiya qismi tadqiqot uchun tanlangan yo‘lning ishonchliligini asoslash orqali namoyon bo‘ladi. 
    • Tahlil va natijalar (Analysis and results)
      Tadqiqotning tahlil qismi tadqiqot metodologiyasida avvaldan belgilab olingan tahlil usullari orqali yig‘ilgan ma’lumotlarning tahlilini amalga oshiradi. Bunda faqatgina tahlil usulining natijalari ifoda etiladi; erishilgan natijalar bo‘yicha muhokama maqolaning keyingi qismining vazifasi hisoblanadi.
    • Xulosa va takliflar (Conclusion/Recommendations)
      Tadqiqotning maqsad, vazifalarining anglashilganligi hamda tadqiqot savollarining o‘z javobini topganligi, tadqiqotning asosiy natijalariga va tadqiqotning umumiy jarayoniga umumiy xulosalar, shu bilan birga, takliflar va ayni tadqiqotdan kelib chiqqan holda kelajak tadqiqot ishi yo‘nalishlari maqola xulosa va takliflari qismining asosini tashkil etishi lozim.
    • Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati (References)
      Ushbu qismda tadqiqotda foydalanilgan barcha adabiyotlarning ro‘yxati [1], [2] yoki [3] ketma-ketligida qo‘yiladi:
      mualliflar ismi-sharifi, kitob nomi, nashr manzili nashriyot nomi, yili, betlari;
      mualliflar ismi-sharifi, maqola nomi, jurnal nomi, nashri, yili, soni, betlari.
  3. Maqola matni shrifti “Times New Roman”da, 14 shrift lotin alifbosida bo‘lib, qatorlar oraliqlari masofasi 1.5 intervalda bo‘lishi lozim. Maqola matni sahifasining barcha (o‘ng, chap, yuqori va quyi) tomonidan 2 santimetrdan iborat masofa qoldiriladi. Maqolaning maksimal hajmi 10 betdan oshmasligi, minimal hajmi esa 8 betdan kam bo‘lmasligi hamda foydalanilgan adabiyotlar soni kamida 10-15 manbadan iborat bo‘lishi lozim.
  4. Maqolada, albatta, jadval, chizma yoki rasmlar bo‘lsa, jadval nomlari uning yuqori qismida, chizma yoki rasm nomlari ularning quyi qismida yozilishi hamda ularning manbasi aniq ko‘rsatilishi lozim. Maqolada jadval, chizma va rasmlarning berilishi maqola sifatini oshiruvchi manba bo‘lib xizmat qiladi.
  5. Maqolalar o‘zbek, rus, yoki ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin.
  6. Maqola matni kamida 70-80 % muallifning shaxsiy izlanishlari natijasiga asoslanishi lozim. Topshirilgan maqolalar “Antiplagiat” tizimi yordamida tekshiriladi.
  7. Tahririyatga taqdim qilingan maqolalar tahririyat tomonidan taqrizga beriladi. Maqola taqrizdan qaytgach, agar zarur bo‘lsa, barcha savol va e’tirozlar bo‘yicha muallifga qayta ishlash uchun taqdim etiladi. Maqola nusxalari qaytarilmaydi.
  8. Tahririyat maqolani taqrizga yuboradi, taqriz ijobiy bo‘lsa maqola jurnalda chop etish uchun qabul qilinadi. E’lon qilingan materiallarning haqqoniyligiga va ko‘chirilmaganligiga shaxsan muallif javobgardir.
  9. Tahririyat maqolaga ayrim kichik o‘zgartirishlarni kiritishi mumkin. Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan maqolalar tahririyat tomonidan ko‘rib chiqilmaydi va muallifga qaytarilmaydi.
  10. Ijobiy taqriz berilgan maqola tahririyat tomonidan qabul qilingan sanaladi. Jurnal tahririyati maqola matnini qisqartirish va unga tahririy o‘zgartirishlar kiritishga haqlidir.
  11. Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan maqolalar tahririyat tomonidan qabul qilinmaydi va ko‘rib chiqilmaydi.

Maqolalar

Политика раздела по умолчанию

Maxfiylik bayonoti

Ushbu jurnal veb-saytiga kiritilgan ismlar va elektron pochta manzillari faqat ushbu jurnal tomonidan belgilangan maqsadlarda ishlatiladi va boshqa maqsadlarda ishlatilmaydi yoki boshqa shaxslar va tashkilotlarga taqdim etiladi.